Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudi tomonidan sayyor uchrashuv o‘tkazildi. Unda Toshkent shahar jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy sudlari raislari, keng jamoatchilik vakillari xodimlari ishtirok etdi, deb yozadi O‘zA.
Uchrashuvda sudyalar yig‘ilganlarga sudlar faoliyati, mamlakatimizda sud-huquq sohasidagi islohotlar, jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi.
– Bunday yuzma-yuz muloqotlar aholining huquqiy bilimini oshirish, ayni paytda ularning muammolarini hal etishga huquqiy yo‘l ko‘rsatishga xizmat qiladi, — deydi Jinoyat ishlari Mirzo Ulug‘bek tumani sudi raisi Yoqutxon Haydarova. — Chunki Toshkent shahar jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy sudlari raislari uchrashuvning o‘zidayoq aholining muammolarini hal etishga kirishyapti. Bu qaysidir ma’noda aholi bilan sudyalarning yaqinlashuviga olib kelyapti va jinoyatchilikning oldini olishga xizmat qilyapti.
Izoh (0)