Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirildi.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Hujjatga muvofiq, 2018-yilning 15-iyulidan budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 1,07 barobar oshiriladi.

Shu sanadan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam:

Ish haqi — oyiga 184 300 so‘m;

Yoshga doir pensiyalar — oyiga 360 460 so‘m;

Bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 360 460 so‘m;

Zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 221 190 so‘m miqdorida belgilandi.

Ish haqi hamda pensiyalarga qo‘shilgan ustama va qo‘shimcha haqlarning barcha turlari, eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa to‘lovlar 2018-yilning 15-iyulidan boshlab mazkur farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi