Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

IShID terrorchilik guruhining rasmiy vakillari o‘zlarining rus tilida so‘zlashuvchi ikki yetakchi mafkurashunos sharhlovchilari — Abu Anis Dog‘istoniy va qozog‘istonlik Abu Usama Qozoqiyni xalifalik xoinlari va dushmanlari deb e’lon qildi, deb yozadi Tengrinews.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Hozirda mafkurashunoslarni IShID razvedka va xavfsizlik xizmati qidirmoqda. Guruh ichidagi ushbu nizo rus tilida so‘zlashuvchi musulmon auditoriyasiga ta’sir bo‘yicha nazorat uchun kurash bilan bog‘liq ekanligi taxmin etilmoqda.

IShID messenjerlari va ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan xabarga ko‘ra, Abu Anis Dog‘istoniy va Abu Usama Qozoqiy “xalifaga bergan qasamini buzganligi va xalifalik musulmonlarini adolatsiz tarzda dahriylikda ayblagani uchun qidirilmoqda”.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi