Freedom Finance investitsion kompaniyasini boshqaruvchi Freedom Holding Corp. Xalqaro xoldingi US GAAP bo‘yicha 2017-moliya yili uchun natijalarini e’lon qildi. Kompaniya sof daromadi hisobot davrida 205 foizga oshib, 19,233 million dollarni tashkil etdi, deb yozadi Spot.
Bu natijalar haqida gapirarkan, kompaniya bosh direktori Timur Turlov O‘zbekiston bilan hamkorlik borasidagi rejalarni oshkor qildi.
“2017-yil biz uchun keng geografik ekspansiyasi bilan bog‘liq bo‘ldi — biz nafaqat kirib bo‘lgan mintaqalarimizda, balki yangi istiqbolli o‘sish nuqtalarida ishladik. O‘tgan yili biz O‘zebkiston poytaxti — Toshkent shahrida vakolatxonamizni ochish uchun barcha zarur litsenziyalarni oldik, biz u yerda xususiylashtirish bo‘yicha davlat dasturlarida ishtirok etish va IPO hisobidan Qozog‘istondagi muvaffaqiyatimizni takrorlamoqchimiz”, — dedi u.
Izoh (0)