“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi 30-iyun kuni Vnukovo—Mexiko yo‘nalishi bo‘ylab charter qatnovini amalga oshiradi. Bu haqda MAK matbuot xizmati ma’lum qildi.
Parvoz Boeing-787 Dreamliner samolyotida bajariladi.
Mazkur qatnovga Meksikaning futbol bo‘yicha milliy terma jamoasi ma’muriyati jamoa muxlislarini Moskvadan Mexiko shahriga tashish uchun buyurtma bergan.
Izoh (0)