Iyul oyida Toshkentda O‘zbekiston – Germaniya savdo uyi ochiladi. Bu haqda O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi ma’lum qildi.
Loyiha ONS Frankfurt GmbH (Germaniya) kompaniyalar guruhi tomonidan realizatsiya qilinmoqda.
Savdo uyi O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari kompaniyalari o‘rtasida eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish uchun platforma bo‘lib xizmat qiladi. Loyiha, shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotiga investorlar va zamonaviy texnologiyalar jalb qilish maydonchasiga aylanadi.
Savdo uyi O‘zbekistonga eng zamonaviy asbob-uskunalar eksport qilishi hamda shu bilan bog‘liq kompleks xizmat ta’minotini amalga oshirishi kutilmoqda.
Izoh (0)