Suriyaning shimoliy viloyati Alepponing Afrin shahri markazida ikki avtomobilning portlashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar jarohat oldi. Bu haqda mahalliy manbasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Afrinda ‘Jabha Shamiya’ (guruhi) shtabi yaqinida portlovchi moddali ikki avtomobilning portlashi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni olti kishini tashkil etdi, o‘n kishi yaralangan”, — deydi nashr manbasi.
Manbaga ko‘ra, 27-iyun tongida ikki guruh jangarilari o‘rtasida to‘qnashuv yuzaga kelgan.
Afrin 2018-yilning martida Suriya ozodlik armiyasi tarkibiga kiruvchi Turkiya qurolli otryadlari uyushmasi nazorati ostiga o‘tgan.
Izoh (0)