Facebook investorlari Mark Sukerbergni kompaniya boshqaruv raisi lavozimidan bo‘shatishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru” Business Insider’ga tayanib.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, investorlar Sukerbergning ishidan norozi, xususan, ijtimoiy tarmoqdan ma’lumotlarning “sizib chiqishi” bilan bog‘liq yirik mojarodan xursand emas.
Biroq, investorlar fikricha, Sukerberg daxlsiz (qonun himoyasi ostida), chunki u Facebook ijrochi direktori va boshqaruv raisi lavozimini egallab turibdi.
Izoh (0)