Hukumatning 25-iyundagi qarori bilan “Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berishda “O‘zbekiston Respublika tovar xomashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
Endilikda “chiroyli” raqamlar kamida 5 ish kuni muddatiga (ilgari 3 ish kuni) auksionga qo‘yiladi.
Bundan tashqari, “chiroyli” raqamlarning boshlang‘ich narxlari va toifalariga ham o‘zgartirishlar kiritilgan. Xususan, 002, 003, 004, 005, 006, 008, 009 raqamlar kombinatsiyasi 2-toifaga o‘tkazildi.
2-toifa raqamlari har xil kombinatsiyadagi harflardan iborat bo‘lsa, ularning narxi eng kam ish haqining 40 baravariga (ilgari 70 baravar) teng bo‘lishi belgilandi.
Ayrim raqamlar kombinatsiyasi (100, 200, 300, 400, 500, 600, 700, 800, 900) ro‘yxatdan chiqarildi.
Izoh (0)