Isroillik harbiylar G‘azo sektoridagi transport vositasi va kuzatuv minorasiga havodan hujum qildi. Falastinliklar yonuvchi moddali havo sharlarini uchirishda ulardan foydalangan edi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumotlar kelib tushmadi.
“Isroil mudofaa armiyasi uchar qurilmasi bir guruh falastinliklar tomonidan G‘azo sektori shimolidan yonuvchan havo sharlarini uchirgan transport vositasiga hujum qildi”, — deya xabar beradi armiya matbuot xizmati.
Shuningdek, sharlar uchirilgan chegaradagi kuzatuv punkti ham hujumga uchragan.
Falastinliklarning havo sharlari konstruktiv jihatdan oddiyligiga qaramasdan, oxirgi oylar davomida Isroilga millionlab dollarlik zarar yetkazganligi ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)