“Jabhat an-Nusra” jangarilari qurolni tashlashga tayyor noqonuniy qurolli guruhlar bilan yarashuv jarayoniga to‘sqinlik qilish maqsadida tinch aholini qo‘rqitish va Suriya armiyasi pozitsiyalarini o‘qqa tutishda davom etmoqda. Bu haqda SANA agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
“‘Jabhat an-Nusra’ fuqarolarni qo‘rqitib jinoiy faoliyatini davom ettirmoqda, Suriya arab armiyasi pozitsiyalariga hujum qilmoqda. Qurolni tashlash va o‘z maqomini tartibga solishga tayyor qolgan qurollangan uyushmalar bilan yarashuv jarayonining yakunlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Suriya janubidagi vaziyatni og‘irlashtirmoqda”, — deya ta’kidlaydi agentlik.
Suriya armiyasi, o‘z navbatida, tinch aholini himoya qilish va fuqarolar bilan muvofiqlikda “an-Nusra” terrorchilari harakatlarini qaytarish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
Izoh (0)