Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligi parranda grippi xavfi tufayli Rossiyaning 36 ta parrandachilik fabrikasidan mahsulot olib kirilishini taqiqladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Yuqori patogenli parranda grippi Penza, Samara va Kursk viloyatlarida qayd etilgan”, — deyiladi xabarda.
“Respublika hududiga tirik parranda, inkubatsiya tuxumi, parranda pati va go‘shtining olib kirilishi taqiqlanadi”, — deyiladi Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligi bayonotida.
Bundan tashqari, qayta ishlanmagan ozuqaviy qo‘shimchalar, parranda saqlashga mo‘ljallangan qafaslar ham Qozog‘iston hududiga olib kirilmaydi.
Izoh (0)