Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘iston Senatining xalqaro aloqalar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi Darig‘a Nazarboyevaning qizi, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning nevarasi Venera turmushga chiqdi, deya xabar bermoqda “Nur.kz”.

Foto: “Nur.kz”

Foto: “Nur.kz”

To‘y 23-iyun kuni Olmaotadagi Ritz-Carlton mehmonxonasining bal zalida bo‘lib o‘tdi. Kuyov mamlakatda mashhur bo‘lgan Chayjunusovlar sulolasi vakili — 22 yoshli Dalen Chayjunusov. U Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti huquqshunoslik fakulteti bitiruvchisidir.

Venera esa jamoatchilik aloqalari va san’at yo‘nalishida ta’lim olmoqda.

To‘y marosimida mamlakat prezidenti va birinchi xonim ham qatnashib, kelin-kuyovga oq fotiha bergan.

Shuningdek, mehmonlar orasida Darig‘a Nazarboyevaning qadrdon do‘sti Filipp Kirkorov ham bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi