Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Meva-sabzavotlarning xorijga eksport qilinishi ichki bozorlardagi narxlarga ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu haqda “O‘zbekoziqovqatxolding” boshqaruvi raisi Tohir Jalilov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.

Foto: “Podrobno.uz”

Foto: “Podrobno.uz”

— Xorijga juda ko‘p meva-sabzavotlar olib chiqilayotgani uchun mahalliy bozorlarda narxlar oshib ketgani haqidagi gaplarni tez-tez eshitaman. Albatta, bunday emas. Shunchaki hisoblab ko‘ring: biz 25 million tonna mahsulot yetishtiramiz, chetga esa atigi 1 million tonnadan ortiqrog‘ini sotamiz. Agar 15 million tonna mahsulot eksport qilsak, unda bu narxlarga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lardi. Hozir esa bu gaplarning bari mish-mish, xolos", — dedi u.

U, shuningdek, kompaniya u yoki bu mahsulotga narx belgilashi haqidagi ovozalarga ham munosabatini bildirib o‘tdi.

“Narxlarni men o‘zim xohlaganimdek belgilamayman. Ekspertlar dastlab mahsulotning marjinalligi, tannarxi, kelgusi investitsiyalar zaruriyatini hisoblab chiqadi. Eksportyorlar albatta narxlar arzon bo‘lishi, bu yerdan tiyinga olib, chetga so‘mga sotishni istaydi”, — dedi Jalilov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda MDHga a’zo davlatlar rahbarlari norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi (foto)
Kino
Vaqtingizga achinmaysiz: So‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi multfilmlari (video)
Dunyo
Putin va harbiylar o‘rtasidagi yopiq uchrashuvdan so‘ng, Rossiya davlat matbuotiga urushdagi muvaffaqiyatsizliklar haqida yozishga ruxsat berildi