Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Bugun 23-iyun sanasida futbol bo‘yicha Rossiya maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionatining 2-tur o‘yinlari davom ettiriladi.

Foto: FIFA

Foto: FIFA

Kunning dastlabki o‘yini “G” guruhi vakillari bo‘lmish 1-turda Panamani yirik hisobda mag‘lub etgan Belgiya hamda so‘nggi daqiqalarda Angliyaga imkoniyatni boy bergan Tunis terma jamoalari o‘rtasida kech​di.

Uchrashuvda hisob 6-daqiqada Eden Azar tomonidan ochildi. Azar penaltini aniq amalga oshirib, Belgiyani hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi gol esa 16-daqiqada Romelu Lukaku hisobiga yozildi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, Tunis termasi a’zosi Dilan Bronn hisobni qisqartirdi. Birinchi bo‘lim yakunida Romelu Lukaku o‘z nomini yana bir bor tabloga yozdirib qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limdagi dastlabki gol ham Eden Azar hisobiga yozildi. Zaxirdan maydonga tushgan Mishi Batshuayi ham o‘yinning 90-daqiqasida ham gol urishga erishdi. Bellashuvga yakuniy nuqtani esa Tunis termasi sardori Vahbi Hazri qo‘ydi. U hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda jamoasining ikkinchi golini kiritishga erishdi.

Shu tariqa o‘yin Belgiyaning 5:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bu g‘alabadan so‘ng Roberto Martines shogirdlari “G” guruhida 6 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi.

“Daryo” mazkur o‘yindan ham matnli onlayn translyatsiyani amalga oshirdi.

Jahon Chempionati

“G” guruhi, 2-tur bellashuvi

23-iyun, shanba

Belgiya—Tunis 5:2

​Gollar: 1:0 – 6, penalti Azar, 2:0 – 16 Lukaku, 2:1 – 18 Bronn, 3:1 – 45 Lukaku, 4:1 – 51 Azar, 5:1 – 90 Batshuayi, 5:2 – 90 Hazri.

Belgiya: Kurtua, Boyata, Vertongen, Mene, Alderveyreld, de Bryuyne, Karrasko, Vitsel, Azar (Batshuayi, 68), Mertens (Tilemans, 86), Lukaku (Fellaini, 59).

Tunis: Ben-Mustafa, Ben-Yussef (Benaluan, 41), Maalul, Bronn (Naggez, 24), Merya, Kaui, Skiri, Hazri, Sassi (Sliti, 59), Badri, Ben-Yussef.

Ogohlantirish: Sassi (14).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda noqonuniy mayning ferma aniqlandi
Salomatlik
Yutinganda tomoq og‘rib, quloqqa tarqalsa, qanday yo‘l tutish kerak?
Sport
Murodjon Ahmadaliyev IBF kamari uchun himoya jangini o‘tkazadi