17-iyun kuni Fransiyaning Var departamentidagi supermarketda odamlarga kanselyariya pichog‘i bilan hujum qilgan ayol layoqatli deb topildi. Bu haqda, Tulona prokuraturasiga tayanib, Liberation gazetasi xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Hodisa Fransiya janubi-sharqidagi La-Sen-syur-Mer kommunasida yuz bergan. Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, “Allohu Akbar” deb qichqirgan ayol supermarket mijozi va kassiriga pichoq bilan tashlangan. Ular yengil jarohatlar olgan, hujum qilgan ayol esa qo‘lga olingan.
“Ruhiy ekspertiza ayol o‘z qilmishlari uchun javob bera olishini aniqladi. U nogiron, biroq bu jismoniy nogironlik”, — deydi prokuratura vakili.
24 yoshli qiz 19-iyun, seshanba kuni sudda javob berishi kerak.
OAV ma’lumotiga ko‘ra, yosh ayol qamoqxonada ekanligida tergovchilar uning uyida tintuv o‘tkazgan. Ular faqat eski Qur’on va Jazoir bayrog‘ini topishga erishgan. Tergovchilar, shuningdek, uning shaxsiy kompyuterini musodara qilgan.
Izoh (0)