Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va AQSh prezidenti Donald Tramp uchrashuvini yuqori baholadi. Bu haqda 14-iyun, payshanba kuni “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Tramp va Kim Chen Inning ushrashuvi tufayli KXDR bilan bog‘liq vaziyatni siyosiy-diplomatik vositalar yordamida tinch yo‘l bilan tartibga solish uchun istiqbollar paydo bo‘ldi. Kim Chen In va Trampning uchrashuvi Koreya yarimoroli atrofidagi keskinlikning umumiy darajasini pasaytiradi”, — dedi Rossiya yetakchisi KXDR Oliy xalq majlisi prezidiumi raisi bilan uchrashuvda.
Eslatib o‘tamiz, 12-iyun kuni AQSh prezidenti va Shimoliy Koreya yetakchisi ilk bor ikki tomonlama sammit o‘tkazdi va uning yakunlari bo‘yicha hujjat imzoladi.
Izoh (0)