“Geoinfokom” davlat unitar korxonasi ko‘chmas mulk davlat qadastri sohasida davlat xizmatlarini taqdim etish hamda korxonalarning boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan axborot almashinuvini ta’minlashga mo‘ljallangan “Kadastr xizmati 1.0” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Mazkur dasturiy majmua davlat xizmatlari markazlarida kechayotgan asosiy ma’muriy-boshqaruv jarayonlarni avtomatlashtirish imkonini beradi hamda ularning faoliyati bo‘yicha samarali axborot ko‘magini ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, yangi tizim tashkilotlar, aholi, mahalliy davlat hokimiyati va o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga taqdim etilayotgan ko‘chmas mulk davlat kadastri bilan bog‘liq bo‘lgan davlat xizmatlarini takomillashtirishga yordam beradi. Tizimga integratsiya qilingan texnologiyalar barcha foydalanuvchilar doirasiga sifatli va qulay xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi. Shuningdek, davlat xizmatlarini taqdim etishda xarajatlar ham kamayadi. Bunda davlat organlari faoliyati va idoralararo muvofiqlashtirsh ishlari samaradorligi ortadi.
Yangi tizim ko‘chmas mulk davlat kadastri axborot resurslaridan foydalanish mexanizmini yaratishda asos bo‘lib xizmat qiladi va davlat xizmatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Izoh (0)