Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 15-iyun kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi 18—20 daraja iliq, kunduzi 30—32 daraja issiq bo‘ladi, deb yozmoqda O‘zA.
Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning boshqa hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda kechasi 15—20 daraja iliq, kunduzi 30—35 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiyda kechasi 18—23 daraja iliq, kunduzi 31—36daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent viloyatida kechasi 17—22 daraja iliq, kunduzi 29—34 daraja issiq bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda kechasi 17—22 daraja iliq, kunduzi 29—34 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda kechasi 19—24 daraja iliq, kunduzi 31—36 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘onada kechasi 18—23, kunduzi 25—30 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda kechasi 10—15, kunduzi 15—20 daraja iliq bo‘ladi.
Respublika bo‘ylab 7—12 metr tezlikda shamol esadi.
Izoh (0)