Toshkentda “Hamshira – 2018” Respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Tadbir O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sog‘liqni saqlash xodimlari Kasaba uyushmasi respublika kengashi va O‘zbekiston Hamshiralar assotsiatsiyasi hamkorlikda tashkil etildi. Tanlovning final bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 14 nafar hamshira o‘zaro bellashdi.
Tanlovda Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon viloyat filiali Markaziy qabulxona bo‘limi hamshirasi Dilnoza Xoliqova birinchi o‘rin sovrindori bo‘ldi. U tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Zomin tuman tibbiyot birlashmasi Yuqumli kasalliklar bo‘limi hamshirasi Holida Yusupova ikkinchi, Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona viloyat filiali Qabul diagnostika bo‘limi hamshirasi Marhabo Abdukarimova uchinchio‘ringa sazovor bo‘ldi. Ularga ham tanlov tashkilotchilari tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.
An’anaga muvofiq, bu yil ham “Hamshira – 2018” tanlovida birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘oliblar tibbiyot oliy o‘quv yurtlariga imtiyozli asosda o‘qishga qabul qilinadi.
Izoh (0)