O‘zbekistonning xalqaro zaxiralardagi oltin zaxirasi 2018-yilning 1-iyun holatiga 14 118 million dollarni tashkil etdi, million sof troy unsiyasida — 10,8 yoki 335,8 tonna. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlari guvohlik beradi, deb yozadi “Spot”.
Shu tariqa, may oyi bilan taqqoslaganda oltin zaxirasi 6,3 tonnaga oshdi (o‘shanda 10,6 million sof troy unsiyasi yoki 329,6 tonna edi).
Avvalroq O‘zbekistonda o‘lchovli oltin yombilari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi va ular respublika shaharlarida sotilishi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)