10-iyun, yakshanba kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashovchi 2 yoshli Sarvarbek Ziyodullayevning yo‘qolgani to‘g‘risidagi xabar va gumon qilinayotgan ayol fotosurati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Milliy gvardiya matbuot xizmati bolaning topilgani to‘g‘risida “Daryo”ga xabar berdi.
Qidiruv e’lon qilganidan bir necha soat o‘tib, 22:30 larda Milliy gvardiyaning tezkor guruhi qidiruvi natijasida, bola topildi va ota-onasining bag‘riga qaytarildi.
Bolani Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi, 1974-yilda tug‘ilgan ayol o‘g‘irlagani aniqlandi. Aybdor Chilonzor tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga topshirildi.
Izoh (0)