Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani “Umakay” YPX statsionar postida to‘xtatilgan mashinada 4 bosh yirik shoxli mol gavdasi —taxminan 560 kilogramm go‘sht borligi aniqlangan va ekspertizaga yuborilgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi “Daryo”ga xabar berdi.
Qashqadaryo viloyati hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazining 9-iyundagi ekspertiza xulosasiga ko‘ra mollarning kasal so‘yilgani va go‘shtning bakteriologik ifloslanish darajasi yuqori ekani aniqlangan.
“Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunga asosan 560 kilogramm go‘sht kuydirib yuborilgan.
Izoh (0)