“Tosno”ning o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Vagiz Galiulin “Ural”ga o‘tishi kutilmoqda, deb xabar qiladi “Match-TV”.
Vagiz shaxsan “Ural”ning amaldagi murabbiyi Dmitriy Parfyenovdan taklif olgan. Murabbiy avval “Tosno”da Galiulin bilan birga ishlagan. Transfer bo‘yicha tomonlar allaqachon kelishuvga erishgan.
Yakunlangan mavsumda Galiulin RFPLda 23 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urishga erishdi.
Izoh (0)