O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi Dilyor Hakimov 7-iyun kuni Markaziy Osiyo mintaqasidagi jarayonlar Yevropa Ittifoqini Markaziy Osiyo respublikalari bilan aloqalarda yangi strategiyalar va yondashuvlar optimizatsiyasini ishlab chiqishga undashini ma’lum qildi. Bu haqda SNG Today nashri xabar bermoqda.
Diplomatning fikricha, mintaqa Yevropa Ittifoqi uchun ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston bilan hamkorlik to‘g‘risidagi ilk kelishuv 1996-yilda imzolangan, biroq endilikda ko‘p narsa o‘zgargan va yangi ustuvor vazifalar belgilash vaqti kelgan.
Jumladan, iyun oyida Belgiya poytaxtida hamkorlik qo‘mitasi bo‘lib o‘tadi, tomonlar Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni muhokama qilishni rejalashtirmoqda.
“To‘qimachilik protokoli”ning bajarilishi batafsil ko‘rib chiqiladi. Biroq, elchining ta’kidlashicha, muvaffaqiyatlar to‘g‘risida hozirdanoq so‘z yuritish mumkin. Jumladan, o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini Polshaga yetkazib berish o‘tgan yil davomida yetti marta oshgan. Diplomat imzolangan kelishuv respublika to‘qimachilik mahsulotlarining Yevropa bozorini faolroq zabt etishiga imkon berishini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)