• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonlik taniqli biznesmen Fattoh Shodiyev haqida ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan faktlar

    O‘zAda Xalqaro homiylik Fondining asoschisi, asli o‘zbekistonlik taniqli biznesmen Fattoh Shodiyev haqida maqola e’lon qilindi. E’tiboringizga mazkur maqolani to‘lig‘icha havola etamiz.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Avlod-ajdodlarimizning ajoyib an’analari, urf-odati bor. Xayr-ehson, homiylik xalqimiz tomonidan azaldan ko‘z-ko‘z qilinmay, xufiyona, zimdan amalga oshiriladi. Birgina misol. Yirik mulkdor Xo‘ja Ahror Valiy otining tuyog‘iga oltindan tayyorlangan taqani omonatgina qilib qoqtirib qo‘yar ekanda, ataylab kambag‘allar yashaydigan ko‘chalardan o‘tar ekan. Otining oltin taqasi qayerda tushib qolganligini valiyning o‘zi ham bilmas ekan.

    Maqolamizda zamonaviy dongdor mulkdorlardan biri, tabiiy resurslarni qazib oladigan, ferroxrom, alyuminiyga boy glinozem va temir rudasini qayta ishlaydigan, o‘zining tog‘-kon, metallurgiya, energetika, transport va marketing xizmatlari bilan integratsiyalashgan yetakchi diversifikatsion korxonalari mavjud bo‘lgan Eurasian Resurces Group Sa.r.I (ERG) kompaniyasining asoschilaridan biri, aksioner Fattoh Shodiyevning Rossiya, Yaponiya va nihoyat O‘zbekiston bilan bog‘liq bo‘lgan xomiylik xizmatlariga to‘xtalib o‘tamiz.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Jahonga mashhur biznesmen, o‘zining nomidagi Xalqaro homiylik Fondining asoschisi, Fattoh Shodiyev shunday deydi: “Biz ilm olishga intilgan har bir insonga yordam berishga tayyormiz, sababi yaxshi ta’lim-tarbiya olib maktab ko‘rgan inson hayotni umuman o‘zgartirib yuborishi mumkin. Yoshlarga o‘z imkoniyatlarini, salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarishga yordam berar ekanmiz biz dunyoda tinchlikni mustahkamlash ishiga, qashshoq-kambag‘allikdan va zulm-zo‘ravonlikdan ozod bo‘lgan erkin jamiyat qurish ishiga o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz”.

    Fattoh Shodiyevning yana bir gapi bor, u “homiylik bilan yo chin ko‘ngildan shug‘ullanish kerak yoki umuman shug‘ullanish kerak emas”, deydi. Biznesmenning homiylik (metsenatlik) ishlari bilan shug‘ullana boshlaganiga 20 yil bo‘lyapti. Bu yillar mobaynida u dunyoning turli davlatlarida maorif, san’at, meditsina, millatlar va madaniyatlararo aloqalar bo‘yicha ko‘plab loyihalarni amalga oshirib, yordamga ehtiyoj bo‘lgan oliy o‘quv yurtlari, muzeylar, bolalar shifoxonalari va alohida shaxslarning joniga oro kirdi. Homiylik bizning yurtimizda jamoatchilik tomonidan keng qo‘llab quvvatlanadigan oddiy bir urf-odat, kundalik bir hol bo‘lib qolishi kerak, deydi kuyunib hamyurtimiz.

    1976-yili Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti – “MGIMO”ning xalqaro huquq fakultetini tamomlagan Fattoh Shodiyev dastlab o‘zi o‘qigan va o‘tgan mingyillikning oxiriga borib inqirozga uchray deb qolgan oliy bilim yurtiga yordamga keldi. Institutni bitirib oyoqqa turib olgan, biznes bilan shug‘ullanib, ancha mablag‘ egasi bo‘lgan Fattoh Shodiyev institut talabalari va professor-o‘qituvchilarining eng yaxshi ilmiy ishlari, o‘quv qo‘llanmalari, monografiyalar uchun mukofotlar va grantlar joriy etadi. Ilmiy tadqiqotlarni, lug‘atlarni yaratish, chop etishga ketadigan xarajatlarni ham o‘z zimmasiga oladi. So‘ngra faoliyatini yanada kengaytirib talabalar uchun stipendiyalar dasturini e’lon qiladi. Shunday qilib bugun jahonga mashhur Shodiyev nomidagi Xalqaro homiylik fondi o‘zining dastlabki mustaqil qadamlarini qo‘ya boshladi.

    Natijada qadimda ma’lum va mashhur bo‘lgan bu bilim yurti o‘zining bitiruvchisi yordamida yana jahondagi mashhur oliy o‘quv yurtlari qatoridan o‘rin oladi. Shodiyev jamg‘armasi xalqaro nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda “MGIMO”ning uzoq yillar davomida shakllangan intellektual salohiyatini saqlab qoldi. Jahon oliy o‘quv yurtlariaro hamkorlikni kengaytirdi. Kompleks ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish hamda ilmiy yoshlar orasidagi ularning eng iste’dodli qismini moddiy va ma’naviy qo‘llab quvvatlashdek savobli ishga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.

    Jamg‘arma yiliga 10 nafar doktorantni ilmiy stajirovka (malaka oshirish) uchun xorijiy universitetlarga jo‘natadi. Fond Moskva televideniyesining Birinchi kanalida efirga chiqadigan “Aqlli qiz va yigitlar” — (“Umnisi i umniki”) teleko‘rsatuvi studiyasini o‘zi hisobidan elektron va boshqa maxsus asbob-uskunalar bilan to‘la jihozlab berdi.

    Fattoh Shodiyevning o‘zi yaponshunos olim, siyosatshunoslik fanlari doktori. Jizzaxlik o‘spirinning “MGIMO”ga kirishdan asosiy maqsadi yapon tilini o‘rganish, bu xalqning qadim va o‘ziga xos bo‘lgan madaniyati, san’atidan bahramand bo‘lish, tilini, qolaversa yapon xalqining hayot falsafasini o‘rganish edi. Fattoh Shodiyev kunchiqar mamlakatida ko‘p yillar ishladi. Yaponiyani, yaponiyaliklarni yaxshi o‘rgandi. Mehnat samaradorligi, ilg‘or texnologiyalar sohasida jahonga mash’al bo‘lib kelgan xalq, mamlakat haqida kitoblar yozdi. “MGIMO”ni bitirgan bir necha avlod muallif Fattoh Shodiyevning “Zamonaviy Yaponiya” nomli o‘quv qo‘llanmasi asosida tahsil ko‘rmoqda. Obrazli til bilan aytganda, Fattoh Shodiyev bu mamlakatga alohida bir qiziqish, mehr-muhabbat bilan qaraydi. Imperator oliy hazratlarining qizi, Yaponiya malikasi Xisako Takamadoning tabrigida shunday gaplarni o‘qiymiz: “Uyqular mamlakatidagi bolakay Bakkun” nomli kitobimning nashr etilishi munosabati bilan Rossiya elchixonasida o‘tgan va men ishtirok qilgan qabul marosimidagi ajoyib uchrashuvimizni eslaganimda yuragimni alohida bir iliq his-tuyg‘ular qoplab oladi. Ko‘plab bolalar bu kitobni o‘qib chiqqanligidan men baxtiyorman”.

    Yaponiya Imperatorining qizi, malika Xisako Takamadoning “Uyqular mamlakatidagi bolakay Bakkun” kitobi Fattoh Shodiyevning xalqaro Fondi homiyligida chop etilgan.

    Yaponiyaga bo‘lgan qiziqish, unga bo‘lgan alohida bir mehr bo‘lajak yirik biznesmenning hayot yo‘lini, taqdirini belgilab berdi desa bo‘ladi. Shodiyevning xalqaro xayriya Fondi jamoatchilik, olimlar va siyosatchilar o‘rtasidagi munosabatlarni shakllantirishga, ular orasidagi aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor beradi. “MGIMO”ning o‘qishda katta yutuqlarga erishayotgan eng ilg‘or talabalarini Yaponiyadagi oliy o‘quv yurtlarida stajirovkadan o‘tib malakasini oshirish, bilimini takomillashtirish, yapon madaniyatini Rossiyada, rus madaniyatini esa yapon madaniyat va san’at shinavandalariga tanishtirish, targ‘ib qilishda katta ishlarni amalga oshirmoqda. Fond fan, san’at sohalaridagi turli xalqaro tadqiqotlarda, shu mavzularga bag‘ishlangan anjuman-u konferensiyalarda faol ishtirok etib, Rossiya oliy o‘quv yurti talabalarining Yaponiya universitetlarida o‘qib ilm olish, bilim to‘plash, tajribalarini oshirishlari bo‘yicha yaqindan ko‘mak bermoqda. Fattoh Shodiyevning xayriya Fondi Yaponiyada o‘tadigan Rossiya madaniyati Festivalining Bosh homiysi bo‘lib hisoblanadi. Yaponiyaning turli prefekturalarida 7—8 oy mobaynida davom etadigan mazkur Festivalda Rossiyaning eng yaxshi musiqa ansambllari, dramatik teatr kollektivlari, mashhur artistlari, yakka xonanda solistlari qatnashadilar. Yilda bir marta o‘tadigan bu festival bu yil (2018) o‘n birinchi bor o‘tmoqda.

    2015-yili Yaponiyada o‘tgan Rossiya madaniyati kunlari mamlakatning jami 47 prefekturasidan 40 tasida bo‘lib o‘tdi. 92 shaharda Rossiyaning 900 dan ortiq mashhur adabiyot, san’at, madaniyat xodimlari: yozuvchilar, olimlar, rassomlar, san’at ustalari o‘z asarlariyu dasturlarini namoyish etdilar. Unda jami 13 million yaponiyalik qatnashdi. Fattoh Shodiyev homiylik qilayotgan va har yili o‘tkazilib turiladigan bu festival yana 4 yil, 2021-yilga qadar davom etadi. Bu haqda Rossiya parlamenti quyi palatasining rahbari (spikeri) bilan Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Yukio Xatoyama shartnoma imzoladilar.

    Shodiyev Fondi shuningdek, to‘satdan og‘ir ahvolga tushib qolgan va mushkul vaziyatdan eson-omon chiqib ketish imkoniyati bo‘lmagan insonlarga yordam ko‘rsatadi. Jamg‘arma Rossiya, Qozog‘iston va boshqa davlatlardagi maktablar, pansionatlar, bolalar meditsina muassasalariga homiylik yordami ko‘rsatib keladi. Shodiyev xalqaro Fondi ko‘p yillar mobaynida taniqli rus aktrisasi Cho‘lpon Hamatova bilan Dina Korzun boshqarayotgan bolalarni davolash jamg‘armasiga, 12 yildan buyon Odessa reabilitatsiya markazida serebralniy paralich (falaj) diagnozli bolalarni davolashga yaqindan moddiy va moliyaviy yordam berib kelmoqda.

    Odessadagi bolalarni Reabilitatsiya qilish markazini ishga topshirishga uch kun qolganda hammani qattiq tahlikaga solgan bir voqea sodir bo‘ldi. Ish ketayotgan kutilmagan paytda tepadan katta hajmdagi og‘ir metall rama to‘satdan uzilib pastga qarab qulay boshlaydi. Shu paytda binoning old kiraverish qismi va chor atrof odamlar bilan liq to‘la edi. Tasir-tusurdan hamma o‘zini yo‘qotib qo‘ydi, vahimada, kim nima qilishni bilmay qoladi.

    Kutilmagan va to‘satdan sodir bo‘lgan bu vaziyatda biror kor-hol sodir bo‘lishi aniq edi. Shunda, mo‘jiza ro‘y berdi. Katta og‘irlikdagi sharaqlab tushib kelayotgan ulkan rama tepadan pastga emas, bino peshtoqida oltin suvi bilan qoplangan va nur sochib turgan farishta haykalining qanotiga kelib urilib odamlardan chetroqqa bironta ham tirik jon bo‘lmagan joyga uchib borib quladi. Zarbni Allohning irodasi bilan farishta o‘ziga oldi, deyishdi odamlar yoqasini ushlab. Hech kim lat yegani yo‘q. Katta-kichik, barcha sog‘ qoldi. Shu-shu Reabilitatsiya bolalar markazi binosi “Farishtasi bo‘lgan uy” degan nom oldi.

    Odessadagi Bolalar markazi Sobiq ittifoq respublikalaridan kelgan bolalar onasi, otasi yoki boshqa biron yaqin kishisi bilan birga yashab davolanadigan Hamdo‘stlik davlatlari (MDH) hududidagi yagona maskandir. Bemorlarning davolanishi, dam olishi, ovqatlanish hammasi Fattoh Shodiyev xalqaro jamg‘armasi hisobidan. Markazda teatr, delfinariy, chiroyli zotdor otlari bo‘lgan mo‘jazgina ferma bo‘lib, o‘zlarini yaxshi idora qila olmaydigan, jismoniy harakati chegaralangan, paralich (falaj) bolalar hayvonlarni alohida bir zavq bilan tomosha qiladilar, ularga ovqat berishadi. Qo‘llarini tekkazishib boshlarini silaydi.

    Maxsus jihozlangan kompyuter kompleksida esa bolalar zamonaviy kommunikatsiya vositalarining ish prinsiplarini o‘rganishadi. Bu yerda art-terapiya, voyta-diagnostika kabi noyob ilg‘or davolash metodikalari qo‘llaniladi. Bunga qo‘shimcha, kuniga 50 oilaning ota-onalari bolalarini davolash bo‘yicha shifokorlardan maslahatlar olishadi. Xorijiy mamlakatlardan kelgan bemorlar ham yiliga 3—4 marta maxsus davolash kurslarini o‘tishadi. 2016 yili Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina, Belorussiya, Isroil va Germaniyadan kelgan 1218 bemor Odessa reabilitatsiya markazida davolandi. Bu yerda qo‘llanilayotgan davolanishning ippoterapiya, delfinoterapiya kabi usullari ayniqsa yaxshi natija bermoqda. Markaz shifokorlari ko‘plab bemorlarni og‘ir stress holatlaridan chiqarib, yuqori professional meditsina yordamini ko‘rsatishadi. Fattoh Shodiyev jamg‘armasi 12 yil mobaynida mazkur Markazda 25 ming bolani davolashga yordam berdi.

    1998-yili Fond Tokioda buyuk rus kompozitori Dmitriy Shostakovich musiqasi festivalining Bosh homiysi bo‘ldi. 2000-yilda esa Rossiya bilan Yaponiya o‘rtasida imzolanishi kutilayotgan Shartnomani tayyorlash munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarga ham mazkur Xalqaro xayriya Fondi bosh homiylik qildi. Shuningdek, jurnal-prospekt shaklidagi “Yaponiya” nashrini bosib chiqarish bo‘yicha ham homiylik yordamini ko‘rsatmoqda. Fattoh Shodiyev jamg‘armasi Yaponiya malikasi Takamado yozgan ertaklar to‘plamini, Imperatorning turmush o‘rtog‘i Mitixo hazrati oliyalarining “Ko‘prik qurish” nomli kitobiga homiylik qildi.

    Fattoh Shodiyev jamg‘armasining yana bir ajoyib savobli ishi uzoq muddat butun jahon jamoatchiligi diqqat markazida turdi. Bu jahonga mashhur, lekin moliyaviy inqirozga yuz tutib auksionda sotilish xavfi arafasida turgan Yaponiya tasviriy san’atining “gavhari” bo‘lmish mashhur usta Ittiko Kubotining kimono kiyimlari kolleksiyasini begonalar qo‘liga o‘tib, bedarak yo‘qolib ketishidan saqlab qolganligi bo‘ldi.

    Shu yerda bir narsaga qoyil qolasan kishi, Yaponiyadek boy davlat, yapon biznesmen milliarderlari, odatda badavlat bo‘ladigan tasviriy san’at kolleksionerlari saqlab qola olmagan, lekin haqiqatdan ham noyob bo‘lgan kimono kolleksiyasini auksionda parcha-parcha qilib bo‘lib sotilib yuborilishidan Fattoh Shodiyev saqlab qoldi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, mazkur milliy san’at asarlari jamlamasi haqiqiy san’at nima ekanligini yaxshi va nozik tushunadigan o‘zbek biznesmeni tomonidan vaqtida qadriga yetib olib qolindi. Fattoh Shodiyevning bu ishidan butun yapon xalqi qoyil qoldi, desa bo‘ladi. San’atkorlar, ayniqsa, kimono nima ekanligini yaxshi biladigan, nozik didli yapon xotin-qizlari, nafis san’at ixlosmandlari esa aytishga so‘z topa olmay lol qoldilar. Shunday qilib Shodiyev jamg‘armasi nafaqat buyuk yapon kimono ustasi bo‘lgan Ittiko Kubotani bankrotlikdan saqladi, balki Yaponiya madaniyatining katta bir ajralmas qismi bo‘lgan noyob kimononing nodir jamlamasi – kolleksiyasini kelajak avlod uchun ham asrab qoldi.

    Sababi, beqasam to‘n, banoras chopon, gulli jujun ro‘mol, besh tepki, yetti tepki atlas, adras ko‘ylak, bir so‘z bilan aytganda, inson egnidagi milliy kiyimning o‘ziga xosligi, estetikasi, jozibasi nimada ekanligini yaxshi tushunadigan, uni qadrlaydigan, “MGIMO”da yapon tilini, madaniyati va san’atini o‘rgangan, ularni o‘zbek milliy madaniyati bilan mushtarak tomonlari mavjudligini ko‘rgan, sezgan jizzaxlik Qayum otaning o‘g‘li Fattoh Shodiyev buni juda yaxshi tushunar edi, qolaversa bu tadbirlarni amalga oshirishga uning ko‘ngil, qalb ehtiyojidan tashqari moddiy va moliyaviy imkoniyati ham bor edi.

    Kimono haqida ikki og‘iz so‘z. Bu nafaqat kiyim, kimono milliy o‘ziga xoslikning ajralmas bir qismi, chiroyli, tavoze bilan mayin harakat, ma’no, mazmun ramzi. Yapon qiz va ayollariga xos bo‘lgan go‘zallik va nazokat, qolaversa, balkim faqat yaponlar anglab oladigan, chuqur ma’noga ega bo‘lgan butun bir falsafadir. Kimono nihoyatda mayin, mahkam tabiiy shoyi gazlamadan tikiladi. Matoning ichidan maxsus iplar o‘tkazilib boshqa hech bir milliy kiyimda bo‘lmagan shakl va burmalar hosil qilinadi. Shoyi gazlamaga rassomlar ishlatadigan mo‘yqalamda kamalak ranglari beriladi. Kimononi tikish jarayonida ustalar oltin va kumush iplaridan mo‘l foydalanadilar. Yapon xotin-qizlarining bu milliy kiyimi nafaqat yapon ayollarining, balki butun yapon xalqining milliy g‘ururi va iftixoridir.

    Ming-ming yillar qadimda yaratilgan bu milliy kiyimni tikish, tayyorlash sirlari yo‘qolib ketayotgan edi. Uni sir-asrorlarini qayta tiklashga usta Kubotining 30 yillik umri ketdi. Kiyim tikishning bu texnikasi Yaponiyada “itiku sudzigaxana” deb yuritiladi va mana yillar, asrlar osha kimono yana yapon xotin-qizlarining nozik va go‘zal milliy qiyofasini jilolantirmoqda. Kimononing har biri mohir usta qo‘li bilan yaratilgan va dunyoda tan olingan haqiqiy tasviriy va amaliy san’at asari hamdir. Kimono milliy kiyimlari muzeyi ko‘chma ko‘rgazma shaklida xorijiy davlatlarga gastrolga chiqqanlarida ham eng ko‘p tomoshabinlar tashrif buyuradigan xalqaro sayyor ko‘rgazmalaridan biriga aylangan.

    1990-yili yapon kimono muzeyi Fransiya davlatining yuksak mukofoti bo‘lgan: “San’at va adabiyot Ordeni”ni olishga musharraf bo‘ldi. 2011-yili moddiy va moliyaviy tanqislik sababli muzeyning kelajagi xavf ostida qolgan edi. Fattoh Shodiyev har biri haqiqiy san’at durdonasi bo‘lgan 104 kimonodan iborat jamlamani o‘z qaramog‘iga xarid qilib oldi. Kimono muzeyi haqida gapirar ekan Fattoh Shodiyev: “Yaponiya mening hayotimga, taqdirimga katta ta’sir ko‘rsatdi, kimanolarni sotilib ketilishidan saqlab qolish esa mening Yaponiyaga bo‘lgan hurmatim, iftixorim va minnatdorligim ramzidir”, dedi. Muzeyning noyob kolleksiyasi xususiy qo‘lga o‘tgan bo‘lsa ham, deydi Fattoh Shodiyev, u hech qayerga ketmaydi, Tokioda Yaponiyaning mulki bo‘lib saqlanib qoladi. Muzeyni qalbi bilan tushungan, uni asl holida saqlab qola oladigan yaponiyalik topilganda esa, muzeyni butun eksponatlari bilan unga topshirish niyati borligini ham bildirdi biznesmen. Bu gaplarni eshitgan, voqealarning guvohi bo‘lgan, tadbirda qatnashayotgan yapon xotin-qizlari ko‘z yoshlarini tutib tura olmadilar. Shu daqiqa Fattoh Shodiyevga shaxsan minnatdorchilik bildirish, qilgan bu ishi uchun uning qo‘lini mahkam qisish maqsadida navbat kutib turganlarning keti ko‘rinmadi. Marosim 4 soat davom etdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Tokiodagi kimono muzeyi tarixi haqida ikki og‘iz so‘z. Muzey bosh korpusi ming yillik 16 ta yog‘och sinchga tayanib turadi. Muzey yangi binosi bosh korpusining devorlari tosh bo‘lib qotib qolgan nodir korall riflari - Ryukku oxaktoshidan qurilgan. Qo‘lda rang va ishlov berilgan 2,5 metr gazlamadan va ko‘plab taqinchoqu tugmachlardan iborat har bitta kimononi tikish uchun o‘rta hisobda qariyb ikki yil vaqt ketar ekan. Kimono muzeyi binosi sayohatchilar Yaponiya poytaxtidagi ziyorat qiladigan obyektlarning doimiy ro‘yxatidan muqim o‘rin oldi.

    “Men ko‘p bor bu yerda bo‘lganman, bu go‘zal mamlakatda ishlaganman va yapon xalqiga xos bo‘lgan ko‘plab ajoyib hislatu fazilatlaridan xabarim bor, – deydi Fattoh Shodiyev 2011-yili Tokio shahrida o‘tgan kimono kolleksiyasi taqdimotida. – Men yaponlarning o‘ziga xos yuksak madaniyati va urf-odatini yaxshi ko‘rib qoldim. Yapon xalqining fe’li, tabiati bilan hayratlanmay iloji yo‘q. 2011-yili Yaponiyaga katta vayronagarchilik keltirgan qattiq zilzila va uning oqibatida sodir bo‘lgan dahshatli sunami paytida men buning guvohi bo‘lganman. Shu munosabat bilan yapon xalqiga o‘zimning samimiy hayrixoxligimni bildirib chuqur hamdardligimni izhor qilmoqchiman.

    Shunday qilib Fattoh Shodiyevning xalqaro Fondi Ittiko Kubota kimono kiyimlari ko‘rgazmasini chet mamlaktalarda namoyish eta boshladi. Ko‘rgazma Rossiyaning Moskva bilan Sankt-Pterburg shaharlarida, Qozog‘istonning Ostana bilan Olmaota, Leyden (Niderlandiya), Parij, Nissa (Fransiya), Antverpen (Belgiya) va boshqa davlatlarida bo‘lib o‘tdi. 2014—2016-yillar ko‘rgazma dunyo davlatlarining 8 shahrida bo‘ldi. Ko‘rgazmada namoyish etilayotgan kimonolarni tomosho qilishga yarim milliondan ortiq tomoshabin keldi. 2018-yili AQSHning Nyu-York, Nyu-Orlean, bilan Torontoda (Kanada) kimono ko‘rgazma jamlamasini namoyish etish rejalashtirilgan.

    Fattoh Shodiyev jamg‘armasi shuningdek, Ittiko Kubota hayoti va faoliyati to‘g‘risida hujjatli filmini suratga olishga ham homiylik qilish, sarf-xarajatlarini ko‘tarish majburiyatini oldi.

    Xorij matbuoti o‘zbek biznesmenining kimono muzeyini sotib olib Yaponiyada qoldirishini: “Insoniyatga qoldirayotgan bebaho ne’mat” deb sharhladi. “O‘zimizning sobiq talabamiz Fattoh Shodiyev bir narsani o‘yladimi uni albatta amalga oshiradi, qoyil, qilayotgan ishlari uchun biz unga katta minnatdorchiligimizni izhor etamiz”, – deydi Moskvadagi davlat xalqaro munosabatlar instituti rektori, professor Anotoliy Torkunov.

    Jamg‘arma ko‘p yillardan buyon “Yaponiya hamma uchun!” shiori ostida Moskvada o‘tadigan yapon madaniyati Festivali — J-Fest’ning ham bosh homiysi hisoblanadi. J-Fest festivali yapon madaniyatidagi turli mashhur zamonaviy trendlarni namoyish etish, Rossiya – Yaponiya madaniy aloqalarida hamkorlik qilish maydoniga aylanib qoldi. Festivalga kelgan mehmonlar turli ma’ruzalarda, master-klass, konsert va perfomanslarda ishtirok etishadi. Odat bo‘yicha Festival arafasida art-san’at, yuqori texnologiyalar, kiyimlar modasi, zamonaviy musiqa, ko‘hna milliy urf-odat va an’analar, kulinariya, kino va animatsiyalar bo‘yicha turli mavzularda o‘tadigan konkurslarda mingdan ortiq kishi ishtirok etadi. 2009-yildan buyon bunday festivalda yapon madaniyati va san’ati ixlosmandlaridan 2 million rossiyalik qatnashdi. Festival shunchalik boy va rangbarang bo‘ladi-ki, unda tomoshabin yapon madaniyat va san’atining har bir turi va sohasida o‘ziga ma’qul bo‘lgan yangi trendlarni topadi, ular bilan tanishadi, aloqalar o‘rnatadi.

    Festival 2017-yili 15—16-iyul kunlari Moskvadagi Gorkiy parkining “Garaj” nomli Zamonaviy san’at muzeyi oldidagi San’at maydonida bo‘lib o‘tgan edi. Bu yilgi festival ham shu park hududidagi maydonda 4—5-avgust kunlari “Dji fest Summer” nomi ostida bo‘lib o‘tadi. Bu jahonga mashhur biznesmen Fattoh Shodiyevning Xalqaro jamg‘armasi homiyligida har yili ochiq osmon ostida o‘tkaziladigan Rossiyadagi eng katta va yorqin bayramlardan biridir.

    Qozog‘iston Respublikasi Tabiiy fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi, jizzaxlik Fattoh Shodiyev Qozog‘istondagi eng yirik bo‘lgan ENRC tog‘-kon kompaniyasining sherikchilik asosidagi mulk egasi va hammuassisidir. Jahonga mashhur biznesmen O‘zbekistonda ham o‘z nodavlat Xalqaro homiylik Fondining vakolatxonasini ochdi. Sharqiy Yevropa, Markaziy va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarining ilmiy, ijodiy va madaniy salohiyatni qo‘llab quvvatlaydigan Fondning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Elizabet Maguayrning aytishi bo‘yicha, jamg‘arma bolalar uylarini moddiy va ma’naviy qo‘llab quvvatlash, meditsina yordamini ko‘rsatish yuzasidan homiylik ishlari bilan shug‘ullanishni rejalashtirgan.

    Fattoh Shodiyev Qozog‘iston Respublikasining 1999-yil 26-iyuldagi Qonunni bilan ta’sis etilgan Sh darajali “Baris” ordeni bilan taqdirlangan.

    2005-yili Qozog‘iston Respublikasining “Davlat oldidagi xizmatlari, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojiga qo‘shgan sezilarli hissasi uchun” ordeni bilan mukofotlandi. Shu yilning o‘zida yana “Demokratik taraqqiyot va iqtisodiy erkinlik uchun” Avraam Linkoln medali bilan taqdirlangan.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Ishbilarmon, tadbirkor, biznesmenlar to‘g‘risida oxirgi paytda ko‘plab juda aqlli, hikmatli gaplar paydo bo‘lmoqda. Ana shulardan bittasini keltirib o‘tmoqchimiz:

    Bir narsani yaxshi bilishimiz lozim, deydi tajribali tadbirkorlardan biri: Biznesdan asosiy maqsad pul qilish, boylik orttirish bo‘lsa bunday biznes uzoqqa bormaydi. Bunday ishbilarmonligu tadbirkorlikdan katta umid qilish ham mumkin emas. Unday biznesning ertangi kuni yo‘q. Gap shundaki, mahsulotingizni xarid qilayotgan odam o‘ziga kerak bo‘lgan, o‘ta zarur buyumni (xizmatni) sotib olayotganini bilishi kerak. Biznesmen esa mening faoliyatim xalqimga, mamlakatimga qanday foyda keltirayapti, degan savolni oldiga ko‘ndalang qilib qo‘yishi shart. Xalq boy bo‘lib cho‘ntagida puli bo‘lsa u xarid qilib savdo-sotiqni, iqtisodiyotni yurgazadi. Bu har qanday biznesning muvaffaqiyat garovidir.

    08.06.2018, 15:01   Izoh (0)   176992
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda XIX asrda qurilgan 4 ta masjid buzib tashlandi. Oqibatda davlat manfaatlariga 13,2 mlrd so‘m zarar yetkazildi

    08.06.2018, 14:57

    Namanganda ayolini qaychi bilan jarohatlagan er qo‘lga olindi

    08.06.2018, 14:55

    9-iyun kuni O‘zbekistonda bulutli ob-havo kuzatiladi

    08.06.2018, 14:37

    Toshkentda muqaddam sudlangan shaxslar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi

    08.06.2018, 14:33

    Andijonda 75 yoshni qarshilayotgan bobo qishlog‘iga bog‘cha qurib berdi

    08.06.2018, 14:16

    Xolida Shomahmudova: Urush payti ham oq non yeganmiz

    08.06.2018, 14:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 22:52

    Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”dan ketishi mumkin

    Sport | 7 iyun, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:19

    Italiya A Seriyasida 2025/26-yilgi mavsum uchun taqvim eʼlon qilindi

    Sport | 7 iyun, 21:17

    Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:10

    O‘zbekistonliklar to‘rt oyda turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 20:00

    Qamchiq dovonida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgan

    O‘zbekiston | 7 iyun, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.