Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekiston Bosh prokuraturasida qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini oshirish va narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha videoselektor majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA.

Foto: Foto: “Gazeta.uz”

Foto: Foto: “Gazeta.uz”

Videoselektorda asosiy e’tibor Shavkat Mirziyoyev raisligida 5-iyun kuni o‘tkazilgan videoselektor majlisi bayoni ijrosini ta’minlashga oid chora-tadbirlar ko‘rilishiga qaratilgan.

Majlisda zamonaviy Tashkent City va Samarkand City, Nurafshon shahri, Toshkent xalqaro aeroporti, Toshkent halqa yo‘li, Yunusobod metro liniyasi, Toshkent va boshqa shaharlardagi o‘nlab ko‘priklar, namunaviy uy-joylar, xususan, xizmat uylari, kam ta’minlangan oilalar uchun uy-joylar qurilishini hisobga olgan holda qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini oshirish va narxlarni barqarorlashtirish masalasining dolzarbligi va strategik muhimligi qayd etib o‘tilgan.

Ushbu va boshqa qurilish obyektlarining barpo etilishi katta hajmdagi qurilish materiallari ishlab chiqarilishi va ichki bozorda bo‘lishini taqozo etadi. Biroq oxirgi vaqtda qurilish materiallariga bo‘lgan talabning keskin ko‘payishi, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanilmayotgani, qurilish materiallari ishlab chiqarilishida zarur bo‘lgan gaz va elektr energiyasi tariflari oshgani hamda bir qator boshqa sabablar qurilish bozorida narxlar o‘sishiga olib keldi.

Misol uchun, respublika bo‘yicha joriy yilning may oyida qurilish materiallarining narxlari 2017-yil dekabr oyiga nisbatan umumiy hisobda 15,6 foizga, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan esa 26,3 foizga oshgan.

Bugungi kunda respublikada faoliyat yuritayotgan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi 7 ming 316 tadbirkorlik subyektlarining 5 ming 145 tasi, ya’ni 70 foizi mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanmayapti.

Majlisda qurilish materiallari ichki bozorida yuzaga kelgan salbiy vaziyat sababi bo‘lgan ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi tanqid qilinib, tegishli davlat organlari, idoralari va tashkilotlari rahbarlarining tushuntirishlari eshitildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zgidromet” 29-sentabr kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Mahalliy
“Selektor yig‘ilishida ayvonda o‘tirmayapsizmi?” — Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqovning tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishdagi audiosi tarqaldi
Mahalliy
Qashqadaryoda bedarak yo‘qolgan 15 yoshli bolaning jasadi topildi