Jizzax viloyati IIB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda Bosh prokuratura huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash departamentining viloyat bo‘limi xodimlari noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan bog‘liq jinoyatni fosh qildi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi “Daryo”ga xabar berdi.
Farg‘ona viloyatida valyutafurushlar ularga murojaat qilgan ikki ayolga 1 AQSh dollarini 8060 so‘mdan hisoblab, 150 million so‘m evaziga 18 600 AQSh dollari berishni va’da qilgan.
Tomonlar Jizzax shahridagi “Orzu” kafesi oldida uchrashishga kelishgan. Valyutafurushlar 150 million so‘mni olib, 5 ming AQSh dollarini ayollarga uzatayotgan paytda ushlangan. Valyutafurushlardan biri voqea joyidan qochgan, ammo uzoqqa ketmay IBB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Uning 9 ming 37 AQSh dollari hamda 49 ming so‘m puli borligi aniqlangan. Pullar daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilgan. Valyutafurushlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)