Gvatemalada Fuego vulqonining otilishi oqibatida 99 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Gvatemala favqulodda vaziyatlar agentligiga tayanib, Reuters xabar bermoqda.
Tabiiy ofat tufayli mamlakatning bir qancha shaharlarida xavf-xatarning eng yuqori — qizil darajasi e’lon qilingan. 296 kishining jabr ko‘rgani hamda 200 kishining bedarak yo‘qolgani ma’lum qilingan.
Avvalroq, qo‘shni mamlakatlar Gvatemalaga yordam ko‘rsatayotgani xabar qilingan. Xususan, AQSh harbiy-havo kuchlari kuyish va boshqa jarohatlar olgan 6 nafar bolani evakuatsiya qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Fuego vulqonining otilishi haqidagi dastlabki xabarda halok bo‘lganlar soni 25 kishini tashkil qilgani ma’lum qilingan. 5-iyun, seshanba kuni qurbonlar soni 69 taga yetgan. 6-iyun, chorshanba kuni 75 kishining halok bo‘lgani xabar qilingan.
Izoh (0)