Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

JATO Dynamics tahliliy agentligi Yevropaning 27 ta mamlakatida eng ko‘p sotilgan avtomobillar ro‘yxatini taqdim etdi, deb xabar beradi “Motor”.

Volkswagen Golf Avstriyada eng ko‘p sotilgan avtomobil hisoblanadi. Joriy yil ushbu mamlakatda 4281 ta shu turdagi model sotilgan. Ikkinchi o‘rinni VW Polo va Tiguan egallagan.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Belgiyalik Volkswagen Golf’dan 5426 nusxa xarid qilgan. Ushbu modeldan keyingi o‘rinlarni 4868 hamda 4007 ko‘rsatkichlari bilan Renault Clio va Hyundai Tucson egallagan.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Buyuk Britaniyadagi eng ko‘p sotilgan avtomobil Ford Fiesta hisoblanadi. Mazkur modeldan 40 619 nusxa sotilgan.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Vengriyada esa Suzuki Vitara krossoveri 4300 ko‘rsatkichi bilan yetakchilik qilmoqda.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Germaniyada ham Volkswagen Golf birinchilikda ketmoqda — hozirgacha 65 327 dona ushbu modeldagi avtomobil sotilgan.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Gretsiyada esa birinchilik Toyota Yaris modeli tomonida. Mazkur modeldan 2267 nusxa sotilgan.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Daniyada Peugeot 208 modeli 3915 ko‘rsatkichi bilan yetakchilik qilmoqda.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Irlandiyada eng ommabop mashina deya Nissan Qashqai e’tirof etildi va 2968 nusxa sotilgan.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Ispaniya bozorida birinchi va ikkinchi o‘rinlarni Seat Ibiza va Leon egallamoqda (tegishli ravishda 13 704 va 12 308 nusxada sotilgan).

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Fiat modellari Italiyada eng talabgir mashinalar hisoblanadi. Birinchi o‘rinni 43 486 nusxada sotilgan Panda modeli egallab kelmoqda.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putinning “safarbar etilganlarning onalari” bilan uchrashuvini qanday tashkillashtirgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonning bir qator hududlarida 4-dekabr kuni qor yog‘adi
Sport
Jerdan Shakiri Messi va Ronalduga yetib oldi