NATO Rossiya tajovuziga operativ javob qaytarish maqsadida 30 ming kishidan iborat zaxira qo‘shinini yaratadi. Bu haqda Die Welt nashri xabar bermoqda.
30 kun ichida jangovar tayyorgarlikka keltirilish salohiyatiga ega qo‘shilma ixtiyorida bir necha yuz qiruvchi va kema bo‘ladi.
U hozirda mavjud 20 ming kishilik NATO Response Force kuchlarini to‘ldiradi.
Izoh (0)