Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida qorabayir otlarini ko‘paytirishga ixtisoslashgan “Vodiy tulporlari” majmuasi ochildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Kvars” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2,5 gektar hududda bunyod etilgan zamonaviy majmuada har bir ot uchun alohida joy, maxsus mashq maydonlari, chavandozlarni o‘qitishga mo‘ljallangan o‘quv xonalari, mashg‘ulot o‘tish zallari, otboqarlar uchun dam olish va yuvinish xonalari, otlarni suvda va qumda yurgizadigan manejlar mavjud.

Farg‘ona vodiysida yagona bo‘lgan majmuada otlarning ko‘rgazmali chiqishlarini namoyish etish va sport musobaqalarini o‘tkazish uchun 180 o‘ringa mo‘ljallangan tomosha maydoni qurilgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

50 otga mo‘ljallangan ushbu majmuada qorabayir zotli otlarni ko‘paytirish, naslini yaxshilash, ularni milliy va klassik sport turlariga tayyorlash ko‘zda tutilgan. 3 ta blokdan iborat otxonalarda bir yoshgacha, uch yoshgacha va undan katta yoshdagi otlar alohida o‘rgatiladi.

Tez orada majmuada ot bilan davolash markazini tashkil etish hamda sayyohlar uchun turizm yo‘nalishida otlarda sayr qilish xizmatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Ochilish marosimida ot sporti musobaqalari, chavandozlarning ko‘rgazmali chiqishlari hamda konsert dasturi namoyish etildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Marosimda bosh vazir o‘rinbosari Zoir Mirzayev, Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev ishtirok etdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda banan narxi oshib bormoqda. Endi meva iste’moli kamayadimi?
Mahalliy
O‘zbekistonning barcha hududlarida 10-dekabr yog‘ingarchiliksiz o‘tadi
Dunyo
Sovuq urushni boshlagan Cherchill, Chexiyadagi shifoxonada ommaviy qotillik va Chili diktatori Pinochetning o‘limi. Kun xronologiyasida 10-dekabr