Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida yashagan, 2002-yilda tug‘ilgan kollej o‘quvchisi Sh.U. 1-iyun kuni Lacetti avtomobilini hujjatlarsiz haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketdi va qarshisidan kelayotgan S.M. boshqaruvidagi Nexia mashinasi bilan to‘qnashuv sodir etdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada Nexia yo‘l chetida to‘xtab turgan, Yu.U. boshqaruvidagi boshqa bir Nexia mashinasiga borib urildi. Hodisada Lacetti haydovchisi Sh.U., Nexia haydovchisi S.M. va uning ikki nafar yo‘lovchisi voqea joyida halok bo‘ldi.

Shuningdek, S. M. boshqaruvidagi mashinaning 3 nafar yo‘lovchisi, yo‘l chetida turgan Nexia hamda Lacetti mashinalarining bir nafardan yo‘lovchisi turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)