Navoiy viloyatining Tomdi tumanida 29-may kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yashovchi D.B. va uning hamkasbi Uchquduq tumanida yashagan B.B. o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ish joyida yuzga kelgan janjal oqibatida D.B. hamkasbi B.B.ning boshiga temir jism bilan jarohat yetkazib, voqea joyidan yashiringan. B.B. voqea joyida vafot etgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida D.B. ushlangan.
Izoh (0)