Kobulda jangarilar guruhi 30-may, chorshanba kuni Afg‘oniston ichki ishlar vazirligi binosiga hujum uyushtirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Politsiya vakilining so‘zlariga qaraganda, hujum qilgan olti kishining barchasi halok bo‘lgan. U jangarilar binoga bostirib kirishga erisha olmaganligini ta’kidladi.
Dastlab uch nafar xudkush o‘zini portlatgan, shundan so‘ng ularning uch sherigi IIV binosiga kirishga urinib, otishma uyushtirgan. Afg‘on kuch tuzilmalari bilan otishma oqibatida ularning barchasi yo‘q qilingan.
Afg‘oniston IIV vakili bir nafar politsiyachi yaralanganligini ma’lum qildi.
Hozircha hech bir radikal guruh Kobuldagi hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi, biroq odatda bu kabi teraktlarni “Tolibon” harakati jangarilari uyushtiradi.
Izoh (0)