28-may, dushanba kuni Venesuelaning Merida shtatida avtobusning jarga qulashi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi, 16 kishi jarohat oldi. Bu haqda El Nacional’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus ag‘darilib ketganidan keyin jarga qulagan. Halokat vaqtida avtobusda jami 40 kishi bo‘lgan. Jarohat olganlar kasalxonalarga yotqizilgan. Ulardan ayrimlarining ahvoli o‘ta og‘ir deya baholanmoqda. Voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.
Avvalroq, Ugandada avtobus, traktor va sisterna to‘qnashuvi oqibatida 40 kishining halok bo‘lgani ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)