Surxondaryolik ikki yigit Sergeli tumanida yashovchi ayolning xonadoniga kirib, uni zudlik bilan Toshkentni tark etishi va qaytib kelmasligini aytib qo‘rqitgan edi, deb yozadi UzNews.
Mazkur harakatlari uchun Surxondaryo viloyati Sariosiyo hamda Sherobod tumanlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar A.A. va A.D. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan ayblandi.
A.A. hamda A.D. o‘zlarining tanishi bo‘lgan qashqadaryolik ayolning xonadoniga kelib, yuzlariga niqob taqib, u ayolni qo‘rqitib qo‘yishni maqsad qiladi hamda unga tan jarohatlari yetkazadi.
Ushbu jinoyat ishi yuzasidan sudga raislik qiluvchi Kukiyev Muzaffar Zafarovich ayblanuvchilarning har ikkalasiga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Sudlanuvchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 72-moddasi qo‘llanilib, tayinlangan jazo shartli deb hisoblanib, 3 yil muddat belgilangan.
Izoh (0)