Sirdaryo viloyatida maktab direktori o‘zining ishxonasida o‘g‘irlik sodir etib qo‘lga tushdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Viloyatning Sardoba tumanida 2016-yil 31-dekabr kuni maktab binosida o‘g‘irlik sodir etilgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu ishni Paxtakor MFYda yashovchi muqaddam sudlangan, shu maktab direktori M.K. ismli ayol sodir etgan.
Olib borilgan tadbirlar natijasida M.K. qo‘lga olindi.
Izoh (0)