22-may, seshanba kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida Xalqaro epizootik byuro (Xalqaro hayvonlar sog‘lig‘ini himoya qilish tashkiloti) assambleyasining 86-bosh sessiyasi doirasida Veterinariya qo‘mitasi raisi Bahromjon Norqobilov rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi byuro rahbari Monik Elua bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Veterinariya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv doirasida O‘zbekiston hukumati va Xalqaro Epizootik Byuro o‘rtasidagi hamkorlikni masalasi muhokama qilindi. Jumladan, 2019-yili Fransiyada 181 ta davlat vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan sessiyaning bir kunini “O‘zbekiston kuni” deb belgilashga kelishildi.
Shuningdek, Samarqand veterinariya meditsinasi institutida hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga kelishildi.
Izoh (0)