Internetda paydo bo‘lgan yangi videoda AQShning S-130 Hercules harbiy-transport samolyoti harbiy xizmatchining boshi ustidan uchib o‘tgani aks etgan. Bu haqda “RIA Novosti” yozmoqda.
Aytilishicha, voqea Yamanda bo‘lib o‘tgan — u yerda Saudiya Arabistoni S-130 samolyotidan isyonchi xusiylarga qarshi keng foydalanmoqda.
Kadrlarda ko‘rinishicha, harbiylardan biri bosh kiyimini fyuzelyajga tekizishga harakat qilgan, uning sherigi esa buni videoga olgan.
Izoh (0)