Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismlardan birida mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan 22 nafar Vatan himoyachisi xotirasiga bag‘ishlangan Xotira xiyoboni ochildi. Bu haqda “Daryo”ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unda Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Bahodir Qurbonov, harbiy xizmatchilar, keng jamoatchilik vakillari, halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari, yaqinlari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar yurt tinchligi va kelajagi uchun jon fido qilganlarning yodi hamisha qalblarda ekanini, ularning jasorati esa o‘sib kelayotgan yosh avlodda vatanparvarlik tuyg‘ularining kamol topishida muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.
Tadbir so‘ngida yig‘ilganlar yodgorlik monumenti poyiga gullar qo‘ydi.
Izoh (0)