O‘zbekistonda birinchi marta yevro savdosi amalga oshirildi. Bu haqda, Respublika valyuta birjasi ma’lumotlariga asoslanib, Spot xabar bermoqda.
3-may kuni 2017-yil avgustidan beri birinchi marta yevro oldi-sotdisi bo‘yicha ilk savdo amalga oshirildi.
Birja platformasida 2017-yil 5-sentabri — valyuta liberalizatsiyasi boshlanganidai beri faqat AQSh dollari ishtirokida operatsiyalar amalga oshirilayotgan edi — qolgan valyutalarning kursi savdolar asosida emas, balki kross-kurs mexanizmi asosida hisoblab chiqarilayotgan edi.
Hozirgi vaqtda yevroning birjadagi kursi 10 100 so‘mni tashkil etmoqda. Markaziy bank hafta boshida yevro kursini 9 785 so‘m etib belgilagan edi, bu avvalgi haftadagi ko‘rsatkichga nisbatan 114 so‘mga kam.