Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida uch nafar noma’lum shaxs yuziga niqob kiygan holda tadbirkor D.E.ning uyiga devordan oshib kirdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Uni va turmush o‘rtog‘ining qo‘l-oyog‘ini skotch bilan bog‘lab, D.E.ning qo‘li va ko‘kragini tilib, jarohat yetkazdi.
Rafiqasining bo‘ynidan zanjirini yechib, tumbochkasidan bir juft ziragi va hovlida turgan Malibu rusumli avtomobil yukxonasidan pullarni olib, voqea joyidan yashirindi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Uchko‘prik tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan A.X., Qo‘qon shahrida yashovchi D.Sh. va Beshariq tumanida yashovchi J.P. sodir etganligi aniqlandi.
Bosqinchilar qo‘lga olindi.