Sharqiy harbiy okrugiga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan urush qatnashchisi G‘anijon bobo Ahmadjonovning uyi oqlab berildi. Bu haqda “Daryo”ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bir guruh harbiy xizmatchilar hamda Yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati kengashi faollari G‘anijon bobo xonadonida mehmon bo‘ldi.
Quva tumani Yuqoriqo‘rg‘oncha qishlog‘ida tug‘ilib, kamol topgan G‘anijon Ahmadjonov 1939-yilda, 18 yoshida urushga otlandi. Sobiq askar Stalingradda, Voronejda, Ukraina shaharlarida bo‘lgan janggohlarda fashizm bilan kurashdi. G‘anijon bobo o‘tgan vaqt ichida qancha-qancha urush dahshatlarini quvalik Jo‘raboy Isakov, toshloqlik Abdullajon Qoraboyev, Oxunboboyev qo‘rg‘onidan Marayim Rahmatov kabi do‘stlari qatorida boshdan kechirdi. Ular hozir oramizda yo‘q. Biroq fashizm ustidan qozonilgan muhim g‘alabada urush va mehnat faxriylarining hissalari katta.
Harbiylar urush qatnashchisini yaqinlashib kelayotgan bayram bilan qutladi. Uy-ro‘zg‘or ishlarida yordam berdi. Daraxtlar va uyni oqladi. G‘anijon bobo harbiylarning hayrli ishidan minnatdor bo‘ldi.
Izoh (0)