Yevropaning vayron bo‘lish arafasidagi tarixiy yodgorliklari (foto)
Europa Nostra federatsiyasi Yevropaning vayron bo‘lish arafasidagi tarixiy obidalari ro‘yxatini e’lon qildi. Tashkilot Yevropa madaniy merosi va tabiatini muhofaza qilish maqsadida tuzilgan. Turkiyaning qadimiy Hasankeyf shahri, Durresedagi Rim amfiteatri (Albaniya), Italiyadagi Alessandriya qo‘rg‘oni singari yodgorliklar ro‘yxatdan joy olgan.
TravelAsk vayron bo‘lish arafasidagi tarixiy yodgorliklarning eng mashhurlarini jamladi.
Buyuk Britaniya: Grimsi shahridagi muz fabrikasi
Qachonlardir Grimsida dunyoning eng yirik dengiz bandargohlaridan biri joylashgan edi. Fabrika dengiz kemalarida baliqlarni saqlash uchun mo‘ljallangan muz ishlab chiqargan. Hozir bino tashlandiq holatda, uni tiklash rejalashtirilmagan.
Avstriya: Venaning tarixiy markazi
Vena — jahon tanigan bastakorlarning vatani. Yevropa madaniy merosining shakllanishida Venaning o‘rni katta. Biroq yangi qurilgan ko‘p qavatli bino shahar tarixiy markazinining qiyofasiga putur yetkazmoqda.
Albaniya: Vizantiyaning qadimiy ibodatxonalari
Urush va tabiiy ofatlar Albaniya janubi-sharqidagi Voskopoye va Vitkuke shaharlarida joylashgan 12 ta ibodatxonani vayrona holatiga keltirgan.
Bolgariya: Buzlujadagi kommunistik partiya uy-muzeyi
Kommunistik partiyaning afsonaviy uy-muzeyi 1981-yili qurilgan. Biroq kommunistik tizimning qulashi bilan Buzlujada talon-toroj va tartibsizlik avj olgan. Yosh bolgariyaliklarning aksariyati bu yodgorlik haqida hatto eshitmagan.
Ruminiya: Konstanse shahridagi kazino
1910-yili Qora dengiz bo‘yida modern uslubida kazino qurilgan. Biroq 2000-yildan buyon bino tashlandiq holatda.
Turkiya: yog’ochdan qurilgan eng yirik inshoot
Istanbul yaqinidagi Prinkipo orolida yunon pravoslavlari tomonidan asos solingan mehribonlik uyi bor. Bu — Yevropada yog’ochdan qurilgan eng yirik bino. 1964-yili mehribonlik uyi yopilgan, shundan buyon binodan foydalanilmaydi.
Gruziya: David-Gareja cherkov majmuasi
Tbilisidan 60 kilometr uzoqlikda Gruziya madaniyatining durdonasi — VI asrda g’orlar ichiga qurilgan cherkov majmuasi joylashgan. Majmuaning umumiy uzunligi — 25 kilometr.
Izoh (0)