Rossiyani Qrim bilan bog‘lash uchun qurilayotgan Kerch ko‘prigining ustunlaridan biri darz ketdi. Darz ketgan ustun surati Twitter foydalanuvchisi tomonidan internetga joylandi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Suratni joylagan foydalanuvchining so‘zlariga qaraganda, 256-ustun darz keta boshlagan. Ko‘prik jami 595 ustunga ega.
Ustun qirg‘oqdan 8 kilometr narida joylashgan. Ayni paytda uni tuzatish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Izoh (0)