“O‘zbekoziqovkatxolding” AJ Xitoydagi O‘zbekiston elchixonasida mamlakatda yetishtirilgan mahsulotlarni taqdim etdi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Xolding vakili Dilshod Mullaboyev O‘zbekistonda ekologik toza gilos yetishtirish va uni qayta ishlash usullari haqida gapirib berdi.
Ko‘rgazma yakunida Xitoydagi savdo korxonalari O‘zbekistondan UzAgro brendi ostida 5 ming tonna golos sotib olishga tayyor ekanliklarini bildirdi. Shuningdek, Xitoy bojxona xizmatlari vakillari bilan hujjatlarni soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirishga kelishib olindi.
Ko‘rgazma doirasida O‘zbekistondan olib kelingan quritilgan mevalar, qandolat mahsulotlari va ichimliklar ham taqdim etildi.
Izoh (0)