Toshkentda favvoralar joriy yilda 1-maydan avval ishlay boshladi. Ularning ishga tushirilishi Turkiya Prezidentining davlat tashrifiga qaratilgan. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar beradi.
Bugun, 29-aprel soat 15:00 da barcha 60 ta favvoralar ishga tushirildi. Mavsum odatdagidan ikki kun oldin (1-mayning o‘rniga 29-aprel) boshlandi.Shu kuni Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdog‘an O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelishi kutilmoqda.
“Gazeta.uz” xabariga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligi 1-may kuni nishonlanadigan Favvoralar kuni bayram tantanalarining nishonlanish sanasini keyinroq e’lon qiladi.
Izoh (0)