Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In KXDR yetakchisi Kim Chen Inga ikki mamlakat temiryo‘llarini birlashtirishni taklif qildi. Bu haqda 27-aprel kuni Janubiy Koreya prezidentining katta matbuot kotibi Yun Yon Chxan ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Prezident Mun bu ikki mamlakatning iqtisodiy hamkorligiga katta hissa qo‘shishi mumkinligini ta’kidladi”, — dedi Yun Yon Chxan.
Koreyalar o‘rtasidagi temiryo‘lni birlashtirish loyihasi ikki mamlakat rahbariyati tomonidan avval ham muhokama qilingan, biroq amalga oshirilmagan. U, shuningdek, temiryo‘lni kelajakda Rossiyaning Transibir magistrali bilan tutashtirishni ham ko‘zda tutadi. Bu Koreya yarimorolidan yuklarni Yevropaga tezroq yetkazish imkonini beradi.
Izoh (0)