23-aprel kuni ertalab Toshkentda 6 yoshli Abdulloh Alisherovning jasadi topildi. Bu haqda, Toshkent shahar IIBBga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Abdulloh Alisherov 14-aprel kuni yo‘qolib qolgan edi. O‘shandan buyon u qidirilayotgandi.
Aytilishicha, bolaning jasadi Qoraqamish daryosi bo‘yidan topilgan. Daryo uning Uchtepa tumanidagi uyi yonidan oqib o‘tadi.
Dastlabki tekshiruv bolaning tanasida zo‘rlik tufayli yuz bergan o‘lim alomatlarini ko‘rsatmadi. Voqea sabablari aniqlashtirilmoqda.
Abdullohning dafn marosimi shu kuni bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahar IIBB marhum bolaning yaqinlari va qarindoshlariga chuqur hamdardlik izhor qildi.
Izoh (0)